IQN 180-2023 Shahar va qishloq aholi yashash punktlari ko‘chalarini loyihalash bo‘yicha yo‘riqnoma
Amalga kirish sanasi: 15.08.2024
Qisqa ma'lumot:
Ushbu qoidalar to‘plami aholi punktlari ko‘chalarini loyihalash uchun qurilish me’yorlarini belgilaydi va shaharlar, shaharchalar va qishloq aholi punktlari ko‘chalarini (keyingi o‘rinlarda aholi punktlari ko‘chalari deb yuritiladi), shuningdek, aholi punktlarining istiqbolli chegaralaridagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining davomi bo‘lgan ko‘chalarini yangi qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash (modernizatsiya qilish) loyihalariga nisbatan qo‘llaniladi.
Ushbu qoidalar to‘plami aholi punktlari hududidan tashqarida joylashgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini, sanoat, omborxona, qishloq xo‘jaligi korxonalari ichki yo‘llarini va vaqtinchalik yo‘llarni loyihalashda qo‘llanilmaydi.