IQN 175-2022 Avtomobil yo‘llaridagi ko‘prik inshootlarining transport-ekspluatatsion holatini baholash
Amalga kirish sanasi: 13.02.2023
Qisqa ma'lumot:
Ushbu idoraviy qurilish normalari avtomobil yo‘llaridagi ko‘prik inshootlarining transport-ekspluatatsion holatini baholash tartibini belgilovchi me’yoriy hujjatdir. Me’yoriy hujjatni ishlab chiqishda transport-ekspluatatsion holatining asosiy ko‘rsatkichi sifatida inshoot elementlarining turli holatida avtomobillarning xavfsiz tezligi qabul qilingan.
Ushbu me’yorlar O‘zbekiston Respublikasi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida joylashgan ko‘prik inshootlariga (shu jumladan ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar, viaduklar, estakadalar) taalluqli. IQN 175-22 diagnostika, tekshirish yoki ko‘priklardagi ko‘riklarning boshqa turlarini bajarishda, shuningdek ko‘priklarni ta’mirlash va saqlash ishlari turlari va hajmini belgilashda yo‘riqnoma
sifatida qo‘llash uchun mo‘ljallangan.